Logo

Tokiodan munosabat: Toshkent va Bratislava aloqalarni mustahkamlash, tashqi iqtisodiy hamkorlikni diversifikatsiya qilish va global muammolarga birgalikda javob berishdan manfaatdor

Iyun 10, 2025. 17:38 • 2 daq

101
Tokiodan munosabat: Toshkent va Bratislava aloqalarni mustahkamlash, tashqi iqtisodiy hamkorlikni diversifikatsiya qilish va global muammolarga birgalikda javob berishdan manfaatdor

TOKIO, 10-iyun. /"Dunyo" AA/. Yaponiya Markaziy Osiyo va Kavkaz tadqiqotlari instituti direktori Tetsudji Tanaka "Dunyo" AA uchun intervyusida Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitsoning 8-10-iyun kunlari O'zbekistonga amalga oshirayotgan tashrifi haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Yaponiya nuqtai nazaridan, Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitsoning O'zbekistonga tashrifi Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoga, xususan, mintaqadagi asosiy ishtirokchi sifatida O'zbekistonga e'tibori ortib borayotganidan dalolat beruvchi muhim voqeadir.


Tashrifning geosiyosiy ahamiyatini alohida ta'kidlash lozim. Xalqaro vaziyatning beqarorligi va jahon iqtisodiyotida notinchlik kuchayib borayotgan bir sharoitda Toshkent va Bratislava aloqalarni mustahkamlash, tashqi iqtisodiy hamkorlikni diversifikatsiya qilish va global muammolarga birgalikda javob berishdan o'zaro manfaatdor ekanliklarini namoyon etyapti.


Shu nuqtai nazardan, Yaponiya Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish, savdo yo'llarini diversifikatsiya qilish va yetkazib berish zanjirlarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi ko'p tomonlama iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish tendensiyasini olqishlaydi.


Bundan tashqari, O'zbekiston va Slovakiya o'rtasida IT-startaplar uchun qo'shma fondning ishga tushirilishi Yaponiyaning Markaziy Osiyoda raqamli transformatsiya va innovatsion iqtisodiyotni qo'llab-quvvatlashga e'tibor qaratayotganiga to'g'ri keladi. Yaponiya qo'shma tashabbuslarni muhokama qilish yoki ilg'or tajriba almashish uchun ushbu loyiha ishtirokchilari bilan muloqot qilish imkoniyatini ko'rib chiqishi mumkin. Ushbu hamkorlik sohasi yangi investitsiyalarni jalb qilish va ilg'or yechimlarni almashish uchun katta imkoniyatlarga ega.


Umuman olganda, Slovakiya Bosh vazirining O'zbekistonga tashrifini TB va Markaziy Osiyo o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash nuqtai nazaridan muhim voqea sifatida baholash mumkin. Bu Yevropa davlatlarining O'zbekistonning iqtisodiy va strategik salohiyatiga qiziqishi ortib borayotganini, shuningdek, jahon ishlab chiqarish, logistika, ilmiy va ta'lim tarmoqlariga yana-da faol integratsiyalashuvga tayyorligini ko'rsatadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish