Yaponiyadan munosabat: Yangi O'zbekistonning yoshlarga oid davlat siyosati o'z samarasini ko'rsatmoqda
Iyul 06, 2025. 13:22 • 2 daq
• 43
TOKIO, 6-iyul. /"Dunyo" AA/. Tokio universiteti dotsenti, rivojlanayotgan mamlakatlar, xususan, O'zbekiston bo'yicha yetakchi tadqiqotchi professor Masato Xivatari "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidentining 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakatimizning iqtidorli yoshlari bilan o'tkazgan uchrashuvi haqidagi fikrlarini bayon qildi:

– Rivojlanayotgan mamlakatlarda jamiyat taraqqiyoti, migratsiya, innovatsiya siyosati va atrof-muhit muammolari yo'nalishlarining tadqiqotchisi sifatida O'zbekistondagi o'zgarishlarni o'rganish doim ilmiy izlanishlarim markazida bo'lgan. Xususan, O'zbekistonning yoshlarga oid siyosatini kuzatish men uchun juda qiziqarli. Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuniga bag'ishlab o'tkazilgan tantanalarda yurtingiz yoshlari bilan samimiy muloqot qildi. Uchrashuvda davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar e'tirof etilishi, kerak deb o'ylayman.
Ta'kidlash kerakki, har yili 3000 nafar iqtidorli o'zbek yoshlarni dunyodagi yetakchi oliy ta'lim muassasalarida o'qish uchun yuborilmoqda. Bu mamlakatingiz yoshlarini global raqobatbardoshligini oshirishga katta turtki beruvchi omildir. 2024-yilda O'zbekiston yoshlari "TOP-500"talik oliygohlarga kirish bo'yicha Markaziy Osiyoda 1-o'rinni egallagan. Hozirda 30 nafar yoshlar "TOP-10", 500 nafari "TOP-100" va 1500 nafari "TOP-300" universitetlarda xususan, Yaponiyaning o'zida ham tahsil olayotgani gapimning isboti va bu mamlakat rahbariyatining sa'y-harakatlari mevasidir.
Bu yo'nalishda mamlakatlarimizning uzoq yillik yaqin do'stona munosabatlarini davom ettirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ikki xalq manfaati yo'lida yoshlar salohiyatidan foydalanish uchun katta salohiyat mavjud.
Yaqinda Tokio universiteti va O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari o'rtasida akademik aloqalarni o'rnatish bo'yicha ilk qadamlar qo'yildi. Bu ikki mamlakat yoshlariga o'z salohiyatlarini namoyon etish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.
Shuningdek, joriy yil iyun oyida tajribali o'zbek diplomati, iqtisodchi, professor Baxtiyor Islomov Tokio universitetida bo'ldi va O'zbekistonning yoshlarga oid davlat siyosatining samarali natijalari haqida ma'ruza qildi.
Men yangi tadqiqot loyihalarimda o'zbekistonlik yosh tadqiqotchilarni jalb qilishga harakat qilaman. Chunki, ular bilan ishlash, ularning ilmiy izlanishlarga bo'lgan mas'uliyati, intizom va munosabati menga ma'qul. O'zbekistonlik tadqiqotlarga ilmiy rahbarlik qilishim orqali ularning magistrlik va doktorlik darajasiga ega bo'lishlarini ko'rish men uchun sharaf. Men o'zbek yoshlarining ilmiy rivojiga o'z hissamni qo'shishda davom etaman.
Ushbu sa'y-harakatlar ikki tomonlama ilmiy almashinuvni kuchaytirishga xizmat qilishiga ishonaman. Biz bu va boshqa yo'nalishlarda strategik sheriklikni yana-da mustahkamlash hamda aniq natijalarga erishish tarafdorimiz.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari