Logo

"The National Interest": Markaziy Osiyoning Shimoliy Yevropa uchun ahamiyati ortmoqda

Avgust 05, 2025. 17:08 • 51 soniya

100
"The National Interest": Markaziy Osiyoning Shimoliy Yevropa uchun ahamiyati ortmoqda

STOKGOLM, 5-avgust. /"Dunyo" AA/. AQSHning nufuzli "The National Interest" elektron nashrida "Shimoliy Yevropa davlatlari qanday qilib Markaziy Osiyo bilan hamkorlik qilishi mumkin?"sarlavhali maqola chop qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Shvetsiyaning taniqli politologlari Svante Kornell va Yoxann Engvall qalamiga mansub ushbu maqolada Markaziy Osiyodagi yangi rivojlanish va integratsiya tendensiyalari mintaqaning xalqaro nufuzining o'sishiga ijobiy turtki berayotgani ta'kidlangan.

"Yashil" energetika, barqaror rivojlanish, iqlim o'zgarishiga moslashish, yuqori texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida hamkorlik har ikki mintaqa davlatlari uchun manfaatlidir. Xususan, Markaziy Osiyo mamlakatlari Shimoliy Yevropaning ushbu sohadagi ilg'or yechimlaridan unumli foydalanishi mumkin", – deb qayd etilgan nashrda.

Shuningdek, Markaziy Osiyo uchun Yevropaning eng taraqqiy etgan topgan 5 nafar davlatni (Daniya, Islandiya, Norvegiya, Finlyandiya, Shvetsiya) o'z ichiga olgan Shimoliy Kengash tashkilotining integratsiya sohasida to'plagan tajribasini yaqindan o'rganish muhim.

"Ayniqsa, Shimoliy Kengashning "qo'shilgan qiymat" tamoyiliga asoslangan hamkorlik modeli integratsiyaning yangi bosqichiga kirib kelayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun foydali bo'lishi mumkin" – deya urg'ulagan shved olimlari.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish