Ashxobodda O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasidagi madaniyat va ommaviy axborot vositalari sohasidagi hamkorlikni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi
Iyul 12, 2025. 10:58 • 51 soniya
• 101
ASHXOBOD, 12-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshanbek Alimov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o'rinbosari Baxar Seyidova bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muloqot davomida gumanitar sohada, jumladan madaniyat, san'at, kinematografiya, muzeylar ishi, ommaviy axborot vositalari yo'nalishlarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalar muhokama qilindi.
O'zbekiston va Turkmaniston umumiy tarix hamda chuqur madaniy ildizlarga ega ekani ta'kidlangan holda, ikki xalq o'rtasida do'stlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan madaniy, ijodiy va axborot almashinuvlarini faollashtirishga qiziqish bildirildi.
Amaliy loyihalar sifatida ikki qardosh davlat madaniyat kunlarini o'tkazish, qo'shma ko'rgazmalar, filmlar namoyishi va ijodiy jamoalar gastrollarini tashkil etishning muhimligi ta'kidlandi.
OAV sohasidagi hamkorlik alohida e'tibor markazida bo'ldi. Jurnalistlar o'rtasida tajriba almashish, yosh mutaxassislar uchun stajirovkalar, shuningdek, ikki mamlakatning madaniy merosi va zamonaviy yutuqlariga bag'ishlangan qo'shma teledasturlar tayyorlash istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida o'zbek-turkman munosabatlarining yaqin qo'shnichilik va strategik sheriklik mohiyati asosida madaniyat va axborot sohalarida yanada kengaytirish bo'yicha birgalikdagi ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi
ADPI pedagoglari Qirg‘iz–o‘zbek xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishdi