Qozog'istonning Oqtov shahrida "Made in Uzbekistan" milliy mahsulotlar yarmarkasi ochildi
Avgust 28, 2025. 15:43 • 37 soniya
• 58
OQTOV, 29-avgust. /"Dunyo"AA/. Joriy yilning 28-avgust kuni Qozog'istonning Oqtov shahrida "Made in Uzbekistan" milliy mahsulotlar yarmarkasi ochildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Unda Qoraqalpog'iston, Xorazm, Qashqadaryo va Farg'ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi yetakchi korxonalar o'z mahsulotlari bilan ishtirok etayapti.
Yarmarkada yangi va quritilgan mevalar, sabzavotlar, sut va konserva mahsulotlari, shirinliklar, to'qimachilik, qurilish mollari, mebel, elektr uskunalari, qo'l mehnati buyumlari, gilamlar hamda suvenirlar namoyish etilishi rejalashtirilgan.
"Caspian Oil City" markazida tashkil etilgan yarmarka Qozog'istonning Mang'istau viloyati aholisini O'zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.
Tashkilotchilarga ko'ra, mahalliy aholi mahsulotlarni to'g'ridan-to'g'ri ishlab chiqaruvchilardan hamyonbop narxlarda xarid qilish imkoniyatiga ega bo'lmoqda.
"Made in Uzbekistan" milliy mahsulotlar yarmarkasi 30-avgustga qadar davom etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi
ADPI pedagoglari Qirg‘iz–o‘zbek xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishdi