Logo

O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi chegara o'tkazish punktlarida "yashil" yo'laklar tashkil etiladi

Avgust 06, 2025. 11:47 • 43 soniya

226
O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi chegara o'tkazish punktlarida "yashil" yo'laklar tashkil etiladi

OSTONA, 6-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston diplomatlari Qozog'iston Moliya vazirligi huzuridagi Davlat daromadlari qo'mitasi raisi Jandos Duysembiyev bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekiston yuk tashuvchi kompaniyalari Qozog'iston va Rossiya o'rtasidagi chegara o'tkazish punktlari orqali meva-sabzavot va boshqa tez buziladigan yuklarni tashishda duch kelayotgan muammolar, "CarGoRuqsat" elektron navbat tizimidagi tushunmovchiliklar, chegara hududlarida "yashil" yo'laklarning yo'qligi, avtotransport vositalari uchun to'xtash va haydovchilarning kutib turishiga yetarli sharoitlar mavjud emasligi kabi bir qator masalalar xususida fikr almashildi.

Qozog'iston tomoni elektron navbatlar bo'yicha vaziyatdan boxabar ekanligini va haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida tizimga o'zbek tilida alohida sahifa ochilganini va qo'shimcha yo'laklar joriy qilinganini ma'lum qildi.

Muzokara yakunida tomonlar o'rtasida meva-sabzavot mahsulotlarining chegaralardan to'siqsiz o'tishi uchun "yashil" yo'laklar joriy etish bo'yicha zarur qarorlar qabul qilishga kelishib olindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish