Logo

O‘zbekiston–Turkiya ishbilarmonlar forumi tog‘-kon sanoatida hamkorlik platformasiga aylandi

May 06, 2026. 19:46 • 3 daq

5
O‘zbekiston–Turkiya ishbilarmonlar forumi tog‘-kon sanoatida hamkorlik platformasiga aylandi
O‘zbekiston–Turkiya ishbilarmonlar forumi tog‘-kon sanoatida hamkorlik platformasiga aylandi
O‘zbekiston–Turkiya ishbilarmonlar forumi tog‘-kon sanoatida hamkorlik platformasiga aylandi
O‘zbekiston–Turkiya ishbilarmonlar forumi tog‘-kon sanoatida hamkorlik platformasiga aylandi
O‘zbekiston–Turkiya ishbilarmonlar forumi tog‘-kon sanoatida hamkorlik platformasiga aylandi
O‘zbekiston–Turkiya ishbilarmonlar forumi tog‘-kon sanoatida hamkorlik platformasiga aylandi
O‘zbekiston–Turkiya ishbilarmonlar forumi tog‘-kon sanoatida hamkorlik platformasiga aylandi

TOSHKENT, 6-may. /“Dunyo” AA/. Poytaxtimizda o‘tkazilgan O‘zbekiston–Turkiya ishbilarmonlar forumida qatnashgan xorijlik ekspertlar “Dunyo” AA muxbiriga ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichi, investitsiya loyihalarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr bildirdi:

Ibrohim Halil Kirshan, TOBB Turkiya Konchilik kengashi raisi:

O‘zbekistonda bo‘lib turganimdan juda mamnunman. Ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida forumga Turkiyaning 40 ga yaqin yetakchi kompaniyalari vakillari taklif etilgan. B2B formatda o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida ishbilarmonlar o‘rtasida samarali muloqotlar bo‘lib o‘tgan.

Ishonchim komilki, Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi sheriklik, ayniqsa tog‘-kon sohasidagi investitsiyaviy aloqalar strategik ahamiyatga ega. Markaziy Osiyoda joylashgan O‘zbekiston “O‘rta koridor” tizimida muhim o‘rin tutadi va bu tog‘-kon sanoatidagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Turkiyada mavjud 90 turdagi foydali qazilmaning 70 tasi qazib olinadi. Mamlakatning yillik eksport hajmi 6 milliard dollar, umumiy ishlab chiqarish esa 40–50 milliard dollar atrofida.

O‘zbekiston esa oltin, molibden, volfram va uran kabi qimmatli foydali qazilmalar zaxiralariga boy davlat hisoblanadi. Shu bois, ikki mamlakat salohiyatini birlashtirish savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Adem Ariji, “OSTİM sanoat zonasi” hududiy boshqaruvchisi:

– “OSTİM” uyushgan sanoat hududi o‘zining noyob tuzilmasi bilan Turkiyada o‘xshashi yo‘q tashkilot hisoblanadi. Bizning boshqaruvimiz ostida sanoat korxonalari, texnologiya markazlari, kasb-hunar taʼlimi muassasalari hamda xususiy universitet faoliyat yuritadi. Bu yaxlit ekotizim inson resurslarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston bilan tarixiy va madaniy aloqalarimiz mushtarak. Shu bois mamlakatingiz bilan hamkorlik qilish biz uchun ustuvor ahamiyatga ega. Hurmatli Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekistonda “OSTİM” uchun 100 gektar yer maydoni ajratildi.

Tashkilotimizning 60 yillik tajribasiga tayanib, ushbu hududda taʼlim, sanoat va zamonaviy infratuzilmani qamrab olgan to‘liq ekotizimni barpo etish loyihasini ishlab chiqdik. Hozirda qurilish ishlari jadal surʼatlarda davom etmoqda.

Bugungi forum esa ana shunday strategik tashabbuslarni amalga oshirish va yangi kelishuvlarga erishishda muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.

Abdulla Buhur, “ArgeTest” laboratoriyalari bosh direktori o‘rinbosari:

– Biz hozirda O‘zbekiston texnologik metallar kombinati bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqdamiz. Laboratoriyamizning asosiy faoliyati geokimyoviy tahlillar hamda maʼdanlarni boyitish sinovlariga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu borada biz boy tajribaga egamiz.

O‘zbekistonning tog‘-kon sanoatidagi ulkan xomashyo zaxiralari va iqtisodiy salohiyatini inobatga olgan holda, biz o‘z innovatsion tahlil uslublarimizni mahalliy ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etmoqdamiz. Rejalarimizga muvofiq, 2025-yil boshidan mahalliy mutaxassislar bilan amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Hozirda 32 nafar malakali xodimdan iborat guruh faoliyat yuritmoqda.

Mamlakatingizda amalga oshirilayotgan yirik investitsiyaviy loyihalar yangi texnologiyalarni jalb etish va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Bugungi forum doirasidagi muzokaralar ham aynan ana shu strategik hamkorlikni kengaytirish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish