Logo

O‘zbekiston Prezidenti XXR Raisiga Xunan provinsiyasidagi korxonada yuz bergan fojia oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan hamdardlik bildirdi

May 06, 2026. 19:19 • 49 soniya

40
O‘zbekiston Prezidenti XXR Raisiga Xunan provinsiyasidagi korxonada yuz bergan fojia oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan hamdardlik bildirdi
"ARN News Centre" olgan surat

TOSHKENT, 6-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xunan provinsiyasidagi sanoat korxonasida yuz bergan fojia oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan bugun XXR Raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston yetakchisi vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik so‘zlarini yo‘llab, jarohatlanganlar tez fursatda shifo topishini tiladi.

"ARN News Centre" olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish