Logo

"News Central Asia":O'zbekiston va Turkmaniston tadbirkor ayollari hamkorligi mustahkamlanmoqda

Sentabr 13, 2025. 07:34 • 53 soniya

150
"News Central Asia":O'zbekiston va Turkmaniston tadbirkor ayollari hamkorligi mustahkamlanmoqda

ASHXOBOD, 13-sentabr. /"Dunyo" AA/. Turkmanistondagi ommabop "News Central Asia" saytida "Turkmaniston va O'zbekiston biznes sohasida yetakchi ayollar hamkorligini kuchaytirmoqda" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "Turkmaniston: Savdo barqarorligi va integratsiyasi" loyihasi doirasida 3-6 sentyabr kunlari turkmanistonlik tadbirkor ayollar uchun Samarqand shahriga tanishuv safari tashkil etilgani ma'lum qilingan.

"Tashrif davomida delegatsiya a'zolari "100 + Women's Leadership" tadbirlarida ishtirok etdi. Amaliy seminarlarda Turkmanistondan kelgan ishtirokchilar "Tadbirkor ayol" O'zbekiston xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi vakillari bilan birgalikda ayollarning hamjamiyatdagi va biznesdagi rolini muhokama qildilar", – deyilgan nashrda.

Ta'kidlanishicha, "100+ Women's Leadership" keng ko'lamli forumi dasturning kulminatsion nuqtasi bo'ldi. Mazkur uchrashuv ayollarning iqtisodiyotga qo'shayotgan hissasi, biznesga raqamli texnologiyalarni joriy etish va davlatlararo hamkorlikning innovatsion formatlarini izlash bo'yicha jonli muloqot uchun o'ziga xos maydonga aylandi.

"Turkmaniston delegatsiyasi a'zolari nafaqat o'z tashabbuslarini taqdim etdi, balki O'zbekistonda amalga oshirilayotgan muvaffaqiyatli loyihalar bilan ham tanishdi. Forum fikr va yangi g'oyalarni almashish uchun muhim maydon vazifasini o'tadi", – deyilgan maqolada.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish