Qozog'iston Parlamenti Majilisi raisi boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi
Oktabr 26, 2023. 11:40 • 2 daq
• 248
TOSHKENT, 26-oktyabr. «Dunyo» AA/. Kecha Qozog'iston Parlamenti Majilisi Raisi Yerlan Koshanov boshchiligidagi ushbu mamlakat delegatsiyasi rasmiy tashrif mamlakatimizga bilan keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Parlament quyi palatasi ma’lumotiga ko'ra, bugun O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov Qozog'iston Parlamenti Majilisi Raisi Yerlan Koshanov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.
Muloqot chog'ida delegatsiya a’zolariga «O'zbekiston — 2030» strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar, uning doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar hamda Qonunchilik palatasi faoliyatining asosiy yo'nalishlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Konstruktiv va o'zaro ishonch ruhida o'tgan uchrashuv chog'ida O'zbekiston-Qozog'iston o'rtasidagi parlamentlararo hamkorlik aloqalarini kengaytirish va uni yangi mazmun bilan boyitish, norma ijodkorligi sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
O'z navbatida, Yerlan Koshanov ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda muhim omil bo'lgan parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash, shu yo'nalishdagi muloqotlarni ko'paytirish har tomonlama foydali ekanini qayd etdi.
Samimiy ruhda o'tgan uchrashuvda tomonlar parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi