Logo

Svante Kornell: O'zbekiston Prezidentining Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Maslahat uchrashuvini o'tkazish tashabbusi mintaqaviy integratsiyada muhim ahamiyat kasb etdi

Avgust 13, 2025. 18:17 • 1 daq

66
Svante Kornell: O'zbekiston Prezidentining Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Maslahat uchrashuvini o'tkazish tashabbusi mintaqaviy integratsiyada muhim ahamiyat kasb etdi

STOKGOLM, 13-avgust. /"Dunyo" AA/. AQSHning nufuzli "aql markaz"laridan biri – Kavkaz va Markaziy Osiyo instituti saytida Stokgolm shahridagi Taraqqiyot va xavfsizlik siyosati instituti direktori, shvetsiyalik taniqli tahlilchi, Svante Kornellning Markaziy Osiyoda integratsiya jarayonlarining shakllanishiga doir tahliliy maqolasi e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muallif ushbu maqolasida Markaziy Osiyo mintaqasidagi mavjud integratsiya jarayonlarini batafsil tahlil qilgan.

Nashrda ta'kidlanganidek, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilda Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Maslahat uchrashuvlari mexanizmini yo'lga qo'yish tashabbusi bu yo'lda birinchi va eng muhim turtki bo'ldi.

"Ushbu formatdagi yetakchilarning har yili o'tkazilayotgan uchrashuvlari ko'plab sohalarda hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha taklif va tashabbuslar ishlab chiqilishiga xizmat qilmoqda, hamkorlik jarayoniga boshqalar ham jalb etilyapti", – deb yozgan muallif.

Shvetsiyalik siyosatshunosga ko'ra, "Markaziy Osiyo plyus" muloqot formatlarining institutsionalizatsiyasi ham umumiy mintaqaviy o'ziga xoslikni mustahkamlashga faol xizmat qilayapti.

"Bu format beshta davlatga xalqaro maydonda yagona pozitsiyadan joy olish va tashqi hamkorlar tomonidan birlashgan mintaqa sifatida qabul qilish imkonini beradi. Markaziy Osiyo davlatlari BMT doirasida ham yaqin aloqa o'rnatgan, jahon hamjamiyati ularni yagona mintaqa sifatida tan olmoqda", – deb yozgan Svante Kornell.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish