Logo

"Nukus – Oqtov – Nukus" yo'nalishi bo'yicha muntazam aviaqatnovlar yo'lga qo'yildi

Iyul 07, 2025. 12:04 • 30 soniya

664
"Nukus – Oqtov – Nukus" yo'nalishi bo'yicha muntazam aviaqatnovlar yo'lga qo'yildi

OQTOV, 7-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning "Centrum Air" aviakompaniyasi joriy yil 3-iyul kuni "Nukus – Oqtov – Nukus" yo'nalishi bo'yicha yangi muntazam reysni yo'lga qo'ydi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur havo qatnovlarining yo'lga qo'yilishi O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi transport aloqalarini yana-da kengaytirdi.

Yangi reysning ochilishi munosabati bilan Oqtov xalqaro aeroportida tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbir Bosh konsulxona va Mangistau viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

Har hafta ikki marta amalga oshiriladigan muntazam parvozlar O'zbekistonga sayyohlar oqimining oshishiga, o'zaro tashriflar sonining ko'payishiga, savdo-iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish