Ashxobodda O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasidagi ijtimoiy-gumanitar yo'nalishlardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari ko'rib chiqildi
Iyul 17, 2025. 09:13 • 55 soniya
• 117
ASHXOBOD, 17-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshanbek Alimov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o'rinbosari Bayramgul Orazdurdiyeva bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekiston va Turkmaniston yetakchilarining qat'iy siyosiy irodasi va sa'y-harakatlari tufayli ikki qardosh davlat o'rtasidagi yaxshi qo'shnichilik hamda strategik sheriklik munosabatlari yangi bosqichga ko'tarilgani, ikki tomonlama hamkorlik barcha jabhalarda, jumladan, ijtimoiy-gumanitar yo'nalishlarda faol rivojlanayotgani ta'kidlandi.
Tomonlar mamlakatlarimiz xalqlari o'rtasida do'stlik va amaliy hamkorlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qiladigan ilm-fan, ta'lim, yoshlar siyosati, sog'liqni saqlash va sport sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalarni muhokama qildilar.
Xususan, ta'lim muassasalari o'rtasida akademik va ilmiy aloqalarni chuqurlashtirish, talabalar va professor-o'qituvchilar almashinuvlarini faollashtirish, yoshlar forumlari va sport musobaqalarini tashkil etish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, muloqot chog'ida tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi aloqalarning bugungi holati ko'rib chiqildi. O'zbekiston va Turkmaniston tibbiyot muassasalari o'rtasida ilmiy va amaliy aloqalarni kengaytirish, shifokorlarning o'zaro tajriba almashinuvini yo'lga qo'yish, ikki mamlakatda dori vositalari va tibbiyot jihozlarini ishlab chiqarishga mo'ljallangan qo'shma korxonalar tashkil etish imkoniyatlari xususida fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi
ADPI pedagoglari Qirg‘iz–o‘zbek xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishdi