Baxtiyor Saidov: O'zbekiston Turkiy dunyo xartiyasiga muvofiq uning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash hamda xalqaro maydondagi nufuzini oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda
Oktabr 03, 2025. 11:24 • 36 soniya
• 273
TOSHKENT, 3 oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiy davlatlar hamkorligi kuni munosabati bilan tabrik yo'lladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Turkiy davlatlar hamkorligi kuni munosabati bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Mazkur sana xalqlarimizning birdamlik va mushtarak taraqqiyot yo'lidagi doimiy intilishlarini ifodalaydi. O'zbekiston Turkiy dunyo xartiyasiga muvofiq uning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash hamda xalqaro maydondagi nufuzini oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda.
Ishonchimiz komilki, qo'shma sa'y-harakatlarimiz bundan buyon ham o'zaro birlikni yanada mustahkamlashga, hamkorlikni rivojlantirishga, shuningdek, barcha xalqlarimiz tinchligi va farovonligini ta'minlashga xizmat qiladi".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi
O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni AQShda keng nishonlandi