O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni AQShda keng nishonlandi
Dekabr 10, 2025. 11:57 • 51 soniya
• 72
VASHINGTON, 10-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Bayram dasturida Oq uy, AQSh Kongressi, Davlat departamenti, Energetika vazirligi vakillari, Merilend shtati gubernatorligi rahbariyati hamda vatandoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Konstitutsiyasi mamlakat mustaqilligi va suvereniteti, xalq farovonligi, yurt taraqqiyoti uchun xizmat qilishini taʼkidladi. AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi faol tashqi siyosatni, o‘zaro hamkorlik aloqalarini doimo qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning sayyohlik va gastronomik imkoniyatlari, xalqimizning tarixiy-madaniy merosi va ko‘p asrlik urf-odatlari, texnologik salohiyati haqida atroflicha maʼlumot berildi. Shu bilan birga, musiqiy chiqishlar, o‘zbek anʼanaviy raqslari hamda o‘zbek dizayneri Azamat Somatov tomonidan namoyish etilgan milliy liboslar ko‘rgazmasi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir amerikalik blogerlar, elchixona va diplomatik missiya rahbarining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida ham keng yoritib borildi.
Mazkur madaniy tadbir haqidagi kontent va fotosuratlar Twitter, YouTube, Facebook, Instagram, LinkedIn platformalariga ham joylashtirilib, foydalanuvchilarning o‘zbek madaniyati va anʼanalari bilan yaqindan tanishish imkonini yaratdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi
Boltiqbo‘yi davlatlarida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni keng nishonlandi
Xitoyning Guanchjou shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi