Logo

Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi

Dekabr 11, 2025. 16:49 • 42 soniya

34
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi

INCHXON, 11-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun munosabati bilan Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida vaqtincha istiqomat qilayotgan yurtdoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda elchixona vakillari tomonidan yurtdoshlarimizga O‘zbekiston qonunchiligida, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida yuz berayotgan islohotlar va o‘zgarishlar, xususan, davlatimiz rahbarining xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, millatlararo munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan so‘nggi farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Shu bilan birga, Janubiy Koreya milliy qonunchiligi qoidalariga rioya qilish, buzg‘unchi g‘oyalar va provokatsiyalarga qarshi ogohlikka chaqirildi. Fuqarolarga huquqlari buzilgan yoki tazyiqqa uchragan taqdirda elchixona va mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qanday murojaat qilish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Uchrashuv yakunida kelasi yilda elchixona va vatandoshlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni yana-da faollashtirish maqsadida bu kabi tadbirlarni ko‘proq tashkil qilishga kelishib olindi.

 

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dildora Azimova

dildora@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish