Logo

Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi

Dekabr 11, 2025. 19:28 • 32 soniya

43
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi

RIM, 13-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan O'zbekiston Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) qarorgohining “O'zbekiston” xonasida bo'lib o'tdi.

Unda 80 nafarga yaqin ishtirokchilar, Italiyada vaqtinchalik istiqomat qilayotgan vatandoshlar, mahalliy davlat xizmatchilari hamda FAO vakillari qatnashdi.

Marosimda so'zga chiqqan diplomatlarimiz tadbir mehmonlariga O'zbekistonda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar hamda yangilangan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, uning asosiy printsiplari haqida ma'lumot berdilar.

Tadbir iliq va do'stona shukuhda o'tdi. Ishtirokchilar, xorijiy mehmonlar ham Bosh qomusimizdagi xalqchil islohotlarga yuqori baho berdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish