2025-yil 18-aprel

Aprel 18, 2025. 06:48 • 2 daq

119
2025-yil 18-aprel

Yilning 108-kuni. Yil yakunlanishiga 257 kun qoldi.

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1997-yil: O'zbekiston Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan Ukrainaga bordi.

O'zbekiston va Ukraina hukumatlari o'rtasida "Ta'lim to'g'risidagi hujjatlarni o'zaro e'tirof etish va ularning ekvivalentliligi haqida"gi bitim imzolandi.

1998-yil: Belgiya Bosh vazirining O'zbekistonga rasmiy tashrifi boshlandi.

2000-yil: O'zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Amerika qo'shma Shtatlari Davlat kotibini qabul qildi.

2006-yil: O'zbekiston Prezidenti Buyuk Britaniya Konservativ partiyasi vakilini qabul qildi.

2007-yil: O'zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Misrda bo'ldi. "Uyushgan jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurashish to'g'risida"gi hukumatlararo bitim imzolandi.

2018-yil: O'zbekiston Prezidenti mamlakatimizda tashrif bilan kelgan Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirini qabul qildi.

2019-yil: O'zbekiston Prezidentining taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

2022-yil: O'zbekiston Prezidenti qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

2023-yil: O'zbekiston Prezidenti Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi bilan uchrashdi.

O'zbekiston Prezidenti suv xo'jaligida va farmatsevtika sanoatida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda kelgusi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig'ilish o'tkazdi.

2024-yil: O'zbekiston Prezidenti Tojikiston Prezidentining taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo'nab ketdi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida "Ittifoqchilik munosabatlari to'g'risida"gi shartnoma imzolandi.

 

Jahonda:

- "Xalqaro yodgorliklar va diqqatga sazovor joylar kuni";

- "Diplomatik aloqalar to'g'risidagi Vena konvensiyasi" qabul qilingan kun (1961);

- Zimbabveda "Mustaqillik kuni";

- Eronda "Milliy armiya kuni".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish