"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 20-noyabr
Noyabr 20, 2025. 07:23 • 53 soniya
• 154

20-noyabr — yilning 324-kuni. Yil yakunlashiga 41 kun qoldi
Oʻzbekistonda:
2018-yil: Oʻzbekiston Prezidenti neft-gaz sanoatidagi ishlar holatini muhokama qilish va sohani yanada rivojlantirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.
2019-yil: Oʻzbekiston Prezidenti poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkiga tashrif buyurdi.
– Oʻzbekiston Prezidenti "Oʻzekspomarkaz" milliy koʻrgazmalar majmuasida oʻtayotgan Oʻzbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi bilan tanishdi.
– Oʻzbekiston Prezidenti Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markaziga yana bir bor tashrif buyurdi.
2023-yil: Oʻzbekiston Prezidenti bank tizimida transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlari muhokamasi boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.
2024-yil: Oʻzbekiston Prezidenti Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmushi farovonligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.
Jahonda:
– Afrika sanoatlashuvi kuni.
– Butunjahon bolalar kuni
Ummonda – Milliy kun.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi