Logo

«Dunyo» AA taqvimi: 2025-yil 24 noyabr

Noyabr 24, 2025. 07:32 • 2 daq

312
«Dunyo» AA taqvimi: 2025-yil 24 noyabr

24-noyabr — yilning 328-kuni. Yil yakuniga qadar 37 kun qoldi

O'zbekistonda:

2017-yil: Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Seulda BMTning sobiq Bosh kotibi Pan Gi Mun hamda Milliy Assambleya Spikeri Chon Se Gyun bilan uchrashuvlar o'tkazdi.

2018-yil: Davlat rahbari bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish hamda qishloq joylarda arzon uy-joylar qurilishini kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi hujjatlarni imzoladi.

2021-yil: Prezident BMT Bosh kotibi o'rinbosari, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi ijrochi direktori Gada Valini qabul qildi. Shuningdek, meva-sabzavotchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari bo'yicha videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

2022-yil: Prezidentga beshta davlatning — Koreya Respublikasi, Qirg'iziston Respublikasi, Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi, Qozog'iston Respublikasi va Amerika Qo'shma Shtatlarining yangi tayinlangan elchilari ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

2023-yil: O'zbekiston Prezidenti Bokuda BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPECA) birinchi sammitida ishtirok etdi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan ikki tomonlama muzokaralar o'tkazilgach, davlat rahbari Toshkentga uchib ketdi.

Jahonda:

Tojikistonda — Davlat bayrog'i kuni. Turkiyada — O'qituvchilar kuni. Xalqaro bayram — Evolyutsiya kuni. Ekologik bayram — Butunjahon morj kuni.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish