Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 28-aprel

Aprel 28, 2025. 06:26 • 1 daq

85
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 28-aprel

Yilning 118-kuni. Yil yakunlanishiga 247 kun qoldi

 

Ushbu sana O'zbekistonda:

1992-yil: Toshkentda Turkiya elchixonasi ochildi.

1993-yil: "O'zbekiston va Germaniya o'rtasida kapital mablag'lar solish va ularni o'zaro himoya qilishga ko'maklashish to'g'risida"gi shartnoma ratifikatsiya qilindi.

1994-yil: O'zbekiston Prezidenti Avstriya elchisini qabul qildi.

1995-yil: Toshkentda ma'rifatparvar Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 120 yilligiga bag'ishlangan tantanali anjuman bo'lib o'tdi.

1998-yil: O'zbekiston va Germaniya o'rtasida "Ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar fondini tashkil etish to'g'risida"gi hukumatlararo bitim imzolandi.

2007-yil: O'zbekiston va Dominikan Respublikasi o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatildi.

2017-yil: O'zbekiston Prezidenti joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan tanishish hamda xalq bilan muloqot qilish maqsadida Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.

2020-yil: O'zbekiston Prezidenti Buxoro viloyatiga tashrif buyurib, tabiiy ofatdan eng ko'p zarar ko'rgan hududlarda bo'ldi.

2023-yil: Davlatimiz rahbari O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarovni qabul qildi.

O'zbekiston Prezidenti Toshkent xalqaro investitsiya forumi dasturi doirasida Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo'yicha maxsus vakili Devid O'Sallivan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o'tkazdi.

 

Jahonda:

"Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni";

Rossiyada "Tez tibbiy yordam xodimlari kuni";

AQSHda "Havo konditsioneri patentlangan kun" (1914-yil);

Rossiyada "Brilliant qo'l" kinokomediyasining premyerasi bo'lib o'tgan kun (1968-yil).

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish