"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 31-may
May 31, 2025. 00:46 • 2 daq
• 55

Yilning 151-kuni. Yil yakunlanishiga 214 kun qoldi
Ushbu sanada O'zbekistonda:
1996 -yil: O'zbekiston Prezidenti Yaponiya qishloq, o'rmon va baliqchilikni moliyalashtirish korporatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi.
O'zbekiston Prezidenti Jahon banki ijrochi direktorlaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.
1999-yil: O'zbekiston Prezidenti Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
2002-yil: O'zbekiston va Angola o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi.
O'zbekiston Prezidenti xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida nutq so'zladi.
2011-yil: O'zbekiston Prezidenti AQSh Prezidentining milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi o'rinbosarini qabul qildi.
2019-yil: O'zbekiston Prezidenti MDH davlatlari huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlarini qabul qildi. O'zbekiston "Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi ishtirokchi-davlatlarining fundamental tadqiqotlar sohasida davlatlararo munosabatlarini muvofiqlashtirish to'g'risida" bitimni imzoladi.
O'zbekiston Prezidenti Gruziya, Amerika Qo'shma Shtatlari va Janubiy Koreyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
2021-yil: O'zbekiston Prezidenti turizm, shahar infratuzilmasi, sanoat sohalaridagi loyihalar hamda Alisher Navoiy maqbarasini ta'mirlash va tiklash borasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.
2022-yil: O'zbekiston Prezidenti aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash chora-tadbirlari bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.
2024-yil: O'zbekiston Prezidenti Buxoro viloyatiga bordi.
Jahonda:
- "Butunjahon tamakisiz kun";
- "Butunjahon tengsizlikka qarshi kurashish kuni";
- Qozog'istonda "Siyosiy qatag'on va ocharchilik qurbonlarini xotirlash kuni";
- Janubiy Afrikada "Respublika kuni";
- Rossiyada "Advokatlar kuni";
- Berlinda dunyodagi birinchi elektr temir yo'l ochildi va birinchi elektropoyezd namoyish etildi (1879-yil).
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tailandda davlat ramzlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi