Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 7-may

May 07, 2025. 07:05 • 2 daq

48
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 7-may

Yilning 127-kuni. Yil yakunlanishiga 238 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1994-yil: Forishda milliy sport turlari va xalq o'yinlari bo'yicha birinchi Respublika olimpiadasi bo'lib o'tdi.

1997-yil: Toshkentda atoqli jamoat arbobi, hind yozuvchisi va shoiri, adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori, faylasuf, kompazitor va rassom Rabindranat Tagor haftaligi boshlandi.

2014-yil: O'zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan AQSH Davlat kotibining birinchi o'rinbosarini qabul qildi.

2018-yil: O'zbekiston Prezidenti BAA Bosh vaziri o'rinbosari, Prezident ishlari bo'yicha vazirni qabul qildi.

2020-yil: O'zbekiston Prezidenti Xitoy Raisi bilan telefon orqali muloqot qildi.

O'zbekiston Prezidenti Rossiya Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi. Unda davlat rahbarlari ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalarini ko'rib chiqdilar.

2021-yil: O'zbekiston Prezidenti Qozog'istonning Birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat davomida davlat rahbarlari mamlakatlar o'rtasidagi ko'p asrlik do'stlik va yaxshi qo'shnichilik rishtalari, ishonch va sheriklik ruhidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida keng ko'lamli va o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish muhim ekanini alohida ta'kidladilar.

2024-yil: O'zbekiston Prezidenti yangi tayinlangan Vengriya, Chexiya, O'mon, Eron va Jazoir elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qildi.

O'zbekiston Prezidenti mamlakatimizga kelgan Vengriya tashqi ishlar va savdo vazirini qabul qildi.

 

Jahonda:

- Rossiya, Belarus, Armaniston, Qozog'iston, Qirg'iziston, va Tojikistonda "Radio kuni";

- Shotlandiyada "Bahor kuni";

- Litvada "Matbaa, til va kitoblarning qaytishi kuni";

- Qozog'istonda "Vatan himoyachilari kuni".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish