Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 8-may

May 08, 2025. 07:01 • 2 daq

47
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 8-may

Yilning 128-kuni. Yil yakunlanishiga 237 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

2015-yil: O'zbekiston Prezidenti Moskva shahriga tashrif buyurdi va Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g'alabaning 70 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar doirasida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi davlat rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi.

2017-yil: O'zbekiston Prezidenti Emmanuel Makronni bo'lib o'tgan saylovlardagi ishonchli g'alabasi va Fransiya Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.

2019-yil: O'zbekiston Prezidenti zargarlik tarmog'ini rivojlantirish, zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga sharoitni kengaytirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi.

2020-yil: O'zbekiston va Qozog'iston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti bo'lib o'tdi.

O'zbekiston va Belarus Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar.

2023-yil: O'zbekiston Prezidentining Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida Kremlda Rossiya Prezidenti bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Prezidenti G'alaba bog'iga tashrif buyurib, "Matonat madhiyasi" yodgorlik majmuasiga gulchambar qo'ydi.

2024-yil: Davlatimiz rahbari 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g'alabaning 79 yilligiga bag'ishlangan marosimda ishtirok etdi.

O'zbekiston Prezidenti Moskva shahrida kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yubiley majlisida ishtirok etdi.

 

Jahonda:

- BMTda "Ikkinchi jahon urushi qurbonlarini xotirlash va yarashuv kuni";

- Armanistonda "Yerkrap (ko'ngillilar) kuni";

- Meksikada milliy qahramon Migel Idalgo tug'ilgan kun;

- Norvegiyada "Faxriylar kuni";

- AQSh, Chexiya, Ukraina va Germaniyada "Ikkinchi jahon urushidagi G'alaba kuni";

- Janubiy Koreyada "Ota-onalar kuni".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish