Milanda o'zbek davlat bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi
Noyabr 20, 2025. 17:03 • 1 daq
• 81
MILAN, 20-noyabr. /"Dunyo" AA/. Milan shahrida O'zbekiston davlat bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda Italiyadagi O'zbekistonning diplomatik vakolatxonasi vakillari, Milandagi oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda hamyurtlarimiz tomonidan davlat ramzlari milliy mustaqillik ramzi ekanini alohida ta'kidladi. Shu jumladan, davlat bayrog'i O'zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, g'ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo'stlikni mujassam etgan.
Davlat bayrog'i qadim-qadimdan har bir xalq uchun mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo'lib kelgan. Bugungi kunda ham dunyo mamlakatlaridagi ko'plab elchixonalarimiz binolari, qator xalqaro tashkilotlar qarorgohlarida bayrog'imiz O'zbekiston ramzi bo'lib turibdi.
Bu yerda tahsil olayotgan yoshlarimiz "Yurt tashqarisida bo'lsak ham – bir bayroq ostida birlashamiz!" shiori ostida hamjihatlikda harakat qilishga va o'zbek milliy qadriyatlarini targ'ib qilishga kelishib oldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi