Logo

Novosibirskda o'zbek xalqining Ikkinchi jahon urushigi jasorati yodga olindi

May 07, 2025. 14:15 • 2 daq

106
Novosibirskda o'zbek xalqining Ikkinchi jahon urushigi jasorati yodga olindi

NOVOSIBIRK, 7-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir filiali Davlat jamoat ilmiy-texnik kutubxonasi bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushidagi g'alabaning 80 yilligiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Novosibirsk viloyati va Novosibirsk shahri ma'muriyati, diplomatik korpus, jamoatchilik va ilmiy doiralar, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, mazkur hududdagi oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdi.

Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir filiali Davlat ommaviy ilmiy-texnik kutubxonasi direktori Irina Lizunova o'z chiqishida, fashizm ustidan qozonilgan g'alabaga O'zbekiston va uning xalqining muhim hissasi to'g'risida to'xtaldi. 

Bosh konsul Aslam Akbarov mamlakatimiz rahbariyati tomonidan Ikkinchi jahon urushi mardonavor kurashgan xalqimizning qahramon o'g'il va qizlari xotirasini asrab-avaylash va abadiylashtirishga hamda jahonda tinchlik o'rnatish yo'lidagi tashabbuslari haqida so'zlab berdi.

Ta'kidlanganidek, o'sha og'ir yillarda 1 million 950 mingdan ortiq o'zbek askari frontga safarbar etildi, ulardan 538 ming nafardan ortig'i halok bo'ldi. 158 mingdan ortig'i bedarak yo'qolgan, 870 mingdan ziyodi yarador bo'ldi, 60 ming nafardan ortig'i frontdan nogiron bo'lib qaytgan.

"Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2020-yil 9-may kuni Toshkent shahrida xalqimiz jasorati timsoli sifatida qad rostlagan va qisqa vaqt ichida eng ardoqli maskanga aylangan muhtasham "G'alaba bog'i" yodgorlik majmuasi ochildi. Shuningdek, "Men bobomni izlayman" loyihasi doirasida urushda qatnashgan 2 millionga yaqin yurtdoshlarimizning ro'yxati shakllantirildi. Fuqarolarimizning 300 dan ortiq murojaati asosida bedarak yo'qolgan 200 nafar askar taqdiriga oid muhim ma'lumotlar to'plandi", dedi bosh konsul.

Ishtirokchilar o'z ma'ruzalarida, shuningdek, ona yurt tinchligi va insoniyat kelajagini himoya qilish yo'lida halok bo'lganlarning xotirasini asrab-avaylash zarurligini ta'kidladilar.

Tadbir doirasida Davlat ilmiy-texnika jamoat kutubxonasi binosida yangilangan O'zbekiston stendining tantanali ochilishi bo'lib o'tdi. Mehmonlar stend eksponatlari – Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yangi O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasiga bag'ishlangan asarlari, "Alpomish" dostoni va "G'alaba bog'i" haqidagi albom, buyuk ajdodlarimiz – Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Cho'lpon, Furqat, Fitrat qalamiga mansub kitoblar bilan tanishish imkoniga ega bo'ldilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish