Turkiyadan tabrik: O'zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilgan kun va Vatan himoyachilari bayrami muborak bo'lsin!
Yanvar 14, 2024. 14:10 • 43 soniya
• 140
ANQARA, 14-yanvar. /"Dunyo" AA/. Turkiyaning yetakchi mudofaa sanoati kompaniyalaridan biri Havelsan bosh direktori Mexmet Akif Najar "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo'lladi:

- Havelsan firmasi sifatida do'st va qardosh O'zbekiston davlatining mudofaasi va xavfsizligini ta'minlash hamda mamlakatlarimiz o'rtasidagi strategik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan barcha sa'y-harakatlarga hissa qo'shishni chin dildan istaymiz.
Biz o'z sohasining eng yetuk muhandislari bilan xavfsiz kelajakni barpo etmoqdamiz. O'zbekiston bilan birgalikda loyihalar yaratishga, ularni rivojlantirishga va ishlab chiqarishga tayyormiz.
O'z mustaqilligi va suverenitetini, hududiy yaxlitligi va sarhadlari daxlsizligini, o'zbek xalqi tinchligi va osoyishtaligini himoya qilayotgan qardosh O'zbekistonning milliy armiyasiga salom yo'llayman!
14-yanvar - O'zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilgan kun va Vatan himoyachilari bayrami muborak bo'lsin!
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi
O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni AQShda keng nishonlandi