Malayziyada “Bir vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida uchrashuv o‘tkazildi

Noyabr 27, 2026. 09:00 • 2 daq

• 249
Malayziyada “Bir vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida uchrashuv o‘tkazildi
Malayziyada “Bir vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida uchrashuv o‘tkazildi
Malayziyada “Bir vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida uchrashuv o‘tkazildi
Malayziyada “Bir vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida uchrashuv o‘tkazildi

KUALA-LUMPUR, 27-noyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Malayziyadagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston davlat bayrog‘i va Konstitutsiyasi qabul qilingan kunlar munosabati bilan “Bir vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Malayziya oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan hamyurtlarimiz hamda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Kuala-Lumpur shahridagi muvofiqlashtiruvchilari qatnashdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga davlat bayrog‘i va Asosiy qonunning yaratilish tarixi, ularning mamlakat suvereniteti, milliy mustaqilligi va xalqimizning milliy o‘zligini ifoda etishdagi o‘rni hamda ahamiyati haqida ma’lumot berildi.

Yangilangan Qomusimizning asosiy mazmun-mohiyati, xususan, “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida inson hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquq va manfaatlari oliy qadriyat sifatida mustahkamlangani alohida ta’kidlandi.

Interaktiv muloqot shaklida o‘tgan tadbirda Malayziyada istiqomat qilayotgan va tahsil olayotgan yosh vatandoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda kelgusi yilda madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Yoshlarning taklif va g‘oyalari tinglanib, ularni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Malayziyadagi vakili Farhod Oxunov tashkilotning asosiy vazifalari haqida to‘xtalib, xorijdagi yosh yurtdoshlarni birlashtirish, ularning muammolarini o‘rganish va zarur konsultativ yordam ko‘rsatish assotsiatsiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan ekanini qayd etdi.

Uchrashuvda elchixona tomonidan xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash, ularning murojaat va muammolarini o‘rganish hamda hal etishga doimiy e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Malayziyaga o‘qish va ishlash maqsadida kelgan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish