O'zbekiston hududlari va Pokistonning Sind viloyati o'rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi
Iyun 27, 2025. 16:47 • 52 soniya
• 59
SIND, 27-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Alisher To'xtayev Karachi shahriga tashrif doirasida Sind viloyati gubernatori Kamran Xan Tessori bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimiz va Sind viloyati o'rtasidagi iqtisodiy diplomatiyani jadallashtirish, mavjud salohiyatni to'liq ishga solish, qishloq xo'jaligi, chorvachilik, to'qimachilik, farmatsevtika, kimyo sanoati, turizm va axborot texnologiyalari kabi sohalarda qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Kamran Xan Tessori ikki mamlakat viloyatlari rahbarlari ishtirokida Hududlararo forumni o'tkazish tashabbusini qo'llab-quvvatladi hamda bu kabi platformalar savdo, investitsiyalar, ta'lim, turizm va boshqa yo'nalishdagi hamkorlikning dadil o'sishiga xizmat qilishini e'tirof etdi.
"Uzbekistan Airways"ning Lahor va Karachiga parvozlari boshlanganini olqishlaymiz. Savdo-iqtisodiy yo'nalishdagi va tovar ayirboshlash hajmlarini oshirish borasidagi vazifalarni amalga oshirish uchun Karachi va O'zbekiston shaharlari o'rtasida ham to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlarni yo'lga qo'yish ham muhim", – dedi gubernator.
Sind viloyati bilan O'zbekiston hududlari o'rtasida hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish, tadbirkorlar o'rtasida yaqin aloqalarni yo'lga qo'yish maqsadida ushbu viloyat gubernatori boshchiligidagi delegatsiyaning O'zbekistonga biznes-missiyasini tashkil qilish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi