O'zbekiston–Polsha o'rtasida istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi
Noyabr 12, 2025. 14:48 • 2 daq
• 62
VARSHAVA, 12-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston va Polsha o'rtasida hududlararo hamkorlikni rivojlantirish maqsadida yurtimiz diplomatlari Pomeraniya hududiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Delegatsiya a'zolari Pomeraniya voyevodaligi kengashi a'zosi Agneshka Baranovska, Pomeraniya voyevodasining birinchi o'rinbosari Emil Royek va Gdansk shahri hokimining yashil iqtisodiyot bo'yicha o'rinbosari Pyotr Krishevski bilan uchrashuv o'tkazdi.
Muloqotda mezbonlarning ta'kidlashicha, Pomeraniya Polshaning barqaror rivojlangan hududi sanaladi. Hududda bugungi kunda 2,3 million nafar aholi yashaydi. Bu yerda 7 ta shahar va 35 ta shaharcha mavjud.
O'zbekiston elchixonasi vakillari uchrashuv davomida Buxoro viloyatining investitsion, turistik, madaniy va boshqa sohalardagi salohiyati haqida taqdimot qildi.
Muzokaralar davomida polyak tomoni O'zbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasida muhim va istiqbolli sherik sifatida baholab, Yangi O'zbekistonda barcha jabhalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni yuksak qadrlashini bildirdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning amaliy yo'nalishlarini kengaytirishga qaratilgan qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Jumladan, iqtisodiyot, sanoat kooperatsiyasi, yashil energiya, ta'lim, raqamlashtirish va AT sohalarida tajriba almashish imkoniyatlari ko'rib chiqildi. O'zbekiston–Polsha o'rtasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Gdansk shahri rahbariyati tomonidan "yashil shahar", raqamli xizmatlar va IT tadbirkorlik yo'nalishlarida qo'shma loyihalarni ishlab chiqishga qiziqish bildirildi. Buxoro, Kogon, G'ijduvon va hududning boshqa shaharlari bilan sheriklik o'rnatish taklif etildi.
Pomeraniya vakillari Buxoro viloyatida kechayotgan rivojlanish jarayonlariga katta qiziqish bildirib, hududning logistika, turizm, yangi texnologiyalar va raqamli xizmatlar sohalaridagi yuqori salohiyatini qayd etdi. Buxoro va Pomeraniya o'rtasida shahar va hududlar darajasida to'g'ridan-to'g'ri aloqalar o'rnatish ikki tomon uchun manfaatli ekanligi ta'kidlandi.
Shuningdek Polsha tomoni O'zbekiston vakillarini 2026-yil 26-iyul – 17-avgust kunlari Gdansk shahrida o'tkaziladigan "Avliyo Dominik yarmarkasi"da ishtirok etishga taklif etdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi