Logo

O'zbekiston hunarmandchilik mahsulotlari Xitoyning Chunsin shahridagi ko'rgazmada namoyish etildi

Noyabr 05, 2025. 14:18 • 42 soniya

70
O'zbekiston hunarmandchilik mahsulotlari Xitoyning Chunsin shahridagi ko'rgazmada namoyish etildi

CHUNSIN, 5-noyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi tashabbusi bilan Xitoyning Chunsin shahrida 1–3-noyabr kunlari bo'lib o'tgan "9-G'arbiy Xitoy turizm sanoati" xalqaro ko'rgazmasida O'zbekiston milliy mahsulotlari va san'at namunalari namoyish etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ko'rgazmada mingdan ziyod xitoylik va xorijiy kompaniyalar, shuningdek, 100 mingdan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.

O'zbekiston pavilyonida milliy liboslar, hunarmandchilik mahsulotlari hamda xalq amaliy san'atiga mansub buyumlar ekspozitsiyasi namoyish etildi. Ushbu ekspozitsiya ko'rgazma ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, mehmonlarga mamlakatimizning eksport imkoniyatlari va sayyohlik salohiyatiga oid xitoy tilidagi axborot materiallari tarqatildi. Yurtimizning qadimiy shaharlari va boy madaniyati haqidagi videoroliklar ham namoyish etildi.

O'zbekistonning mazkur ko'rgazmadagi ishtiroki Xitoy bozorida mamlakatimizning boy madaniyati va sayyohlik salohiyatini keng targ'ib etish, shuningdek, yurtimiz hunarmandlari tayyorlagan mahsulotlar eksport geografiyasini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish