O'zbekiston diplomatlari Rossiyaning Oltoy o'lkasi mutasaddilari bilan migratsiya va turizm yo'nalishidagi hamkorlik istiqbollarini kelishib oldilar
Avgust 10, 2025. 09:38 • 56 soniya
• 99
BARNAUL, 10-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli Aslam Akbarov Rossiyaning Rossiyaning Barnaul shahrida hudud mutasaddilari bilan muzokaralar o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvlarda migratsiya, madaniyat va turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari xususida fikr almashildi.
Ma'lum qilinishicha, Oltoy o'lkasida uch mingga yaqin O'zbekiston fuqarolari vaqtincha istiqomat qilmoqda. Bundan tashqari, Oltoy o'lkasidagi mehnat migrantlarining 50 foizini hamyurtlarimiz tashkil qiladi. Oltoy o'lkasidagi yirik korxonalarda ishlash uchun mehnat patentlarini olishda ham yurtdoshlarimiz yetakchi sanaladi.
Rossiya tomoni bilan O'zbekiston fuqarolarining Oltoy o'lkasida bo'lish shartlari va mavjud muammolar batafsil tahlil qilindi.
Bosh konsul Aslam Akbarov ushbu hudud migratsiya organlari Oltoy o'lkasi iqtisodiyoti va qishloq xo'jaligining turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan O'zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini hurmat qilishi muhimligini ta'kidladi. Shu bilan birga, migratsiya yo'nalishida samarali muloqotni davom ettirishdan o'zaro manfaatdorlik bildirildi.
Uchrashuvlarda madaniyat va turizm sohasidagi hamkorlikka alohida e'tibor qaratildi. Shu yil sentyabr oyida Oltoy o'lkasida O'zbekistonning madaniy va sayyohlik salohiyati taqdimotini o'tkazish, oktyabr oyida esa o'lka turizm sohasi vakillari uchun mamlakatimizga info-tur tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi