O'zbekiston elchisi Britaniya xalqaro treyderlar gildiyasi rahbari bilan uchrashuv o'tkazdi
Mart 15, 2024. 14:31 • 58 soniya
• 217
LONDON, 15-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Londondagi elchisi Ravshan Usmanov Britaniya xalqaro treyderlar gildiyasi (Worshipful Company of World Traders) raisi Maykl Larsen bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

1985-yilda tashkil etilgan Worshipful Company of World Traders London shahrida joylashgan 111 gildiyadan biri sanaladi. Gildiya moliyaviy xizmatlar va savdoning barcha sohalarida xalqaro treyderlar, jumladan brokerlar, bankirlar, auditorlar va maslahatchilar, shuningdek, tovarlar va xizmatlar savdogarlari assotsiatsiyasidir.
Maykl Larsen O'zbekistonda iqtisodiyotni yanada liberallashtirish va modernizatsiya qilish, davlat boshqaruvi va sud-huquq sohasini takomillashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish qaratilgan keng ko'lamli islohotlarni yuksak baholadi.
"O'zbekiston Markaziy Osiyodagi eng jadal rivojlanayotgan mamlakatlardan biri ekaniga men respublikaga bir necha bor qilgan tashriflarim davomida amin bo'lganman. Xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar mamlakatingiz xorijlik ishbilarmonlar, shu jumladan, Buyuk Britaniya uchun ham jozibador bo'lib bormoqda", – dedi u.
Muloqot chog'ida Buyuk Britaniya xalqaro treyderlar gildiyasi O'zbekiston bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishdan manfaatdor ekani tasdiqlandi.
Muzokaralar natijasida gildiya vakillari tomonidan O'zbekistonga MICE-turizmini tashkil etish imkoniyatlarini o'rganish, birgalikda biznes forumlar va davra suhbatlari o'tkazish hamda ikki davlat treyderlari delegatsiyalari almashinuvini yo'lga qo'yish to'g'risida kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi