O'zbekiston-Serbiya savdo-iqtisodiy hamkorligini jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi
Oktabr 17, 2025. 12:47 • 55 soniya
• 85
BELGRAD, 17-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) Serbiya Iqtisodiyot vazirligi davlat kotibi Andriyan Yovanovich bilan onlayn muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha amaliy qadamlar muhokama qilindi. Asosiy e'tibor ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o'rtasidagi sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga qaratildi.
Serbiyaning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, aniq loyihalarni muhokama qilish, qo'shma tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida qator uchrashuvlar o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar tadbirkorlar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni yo'lga qo'yishga qaratilgan O'zbekiston-Serbiya biznes-forumi, biznes tadbirlar va mavzuli konferensiyalar tashkil etishga ko'maklashishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarda qonunchilik bazasini yana-da mustahkamlash muhimligi ta'kidlandi. Shu munosabat bilan tomonlar zamonaviy huquqiy bazani yaratish va o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta'minlaydigan yangi ikki tomonlama hujjatlarni imkon qadar tezroq tayyorlash va imzolash bo'yicha birgalikda sa'y-harakatlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar faol muloqotni davom ettirishga va O'zbekiston-Serbiya munosabatlarini mustahkamlashga, o'zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklikni rivojlantirishga xizmat qiladigan kelishuvlarga amaliy sur'at bag'ishlashga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi