O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi savdo aylanmasi hajmi oshadi
Iyun 03, 2024. 15:25 • 47 soniya
• 244
AR-RIYOZ, 3-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Nodirjon Turgunov "BAT Middle east cluster" importyor korxonasi bosh menejeri Aleksandr G'anem bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Aleksandr G'anem so'nggi yillarda ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlik munosabatlari tobora rivojlanib, o'zaro savdo aylanmasi va investitsiyalar hajmi keskin o'sib borayotganini ma'lum qildi.
O'zbekiston Prezidenti tomonidan yurtimizda savdo-iqtisodiy va investitsiyalar yo'nalishida olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar o'zining samarali natijalarini berayotgani qayd etildi.
Bosh menejer O'zbekistondan tamaki mahsulotlarini sotib olishni rejalashtirayotganini, xususan 2024-yilda 300 ming AQSh dollari miqdorida ushbu turdagi mahsulotlarni Saudiya Arabistoniga import qilish maqsadini bildirdi. Uning aytishicha, O'zbekiston tamaki mahsulotlari savdosi Saudiya Arabistonidan tashqari Iroq va Iordaniyada ham yo'lga qo'yilishi natijasida yaqin istiqbolda eksport qiymati 1 million AQSh dollariga yetkaziladi.
Uchrashuv yakunida "BAT Middle east cluster" kompaniyasi bilan savdo hajmini kengaytirish, O'zbekiston mahsulotlarini Yaqin Sharq mamlakatlari bozorlaridagi savdosini oshirish to'g'risida kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi