Logo

O'zbekistonning farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar Janubiy Koreyadagi ko'rgazmada namoyish etildi

Avgust 29, 2025. 17:40 • 45 soniya

30
O'zbekistonning farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar Janubiy Koreyadagi ko'rgazmada namoyish etildi

SEUL, 29-avgust. /"Dunyo" AA/. Shu yil 26-28-avgust kunlari Janubiy Koreya poytaxtida "CPHI Korea-2025" xalqaro farmatsevtika sanoati ko'rgazmasi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu nufuzli tadbirda O'zbekiston elchixonasi ishtirok etdi va mamlakatimizning farmatsevtika sohasidagi salohiyati, amalga oshirilayotgan islohotlar va xalqaro hamkorlikka ochiq siyosati mavzusida taqdimot qildi.

Ko'rgazma doirasida "UNIDO" tashkiloti tomonidan tashkil etilgan seminar va konferensiyalarda O'zbekistonning farmatsevtika tarmog'i, bozor imkoniyatlari, investitsiyaviy imtiyozlari va ilmiy-texnikaviy salohiyati haqida so'zlab berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar "Tashkent Pharma Park" texnoparki, xalqaro standartlarga mos laboratoriyalar, ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida Koreya Respublikasi oliy ta'lim muassasalari oliy bilan yo'lga qo'yilgan hamkorlik haqidagi ma'lumotlar bilan tanishdilar.

Ko'rgazma maydonida Janubiy Koreya va Xitoyning yetakchi kompaniyalari bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o'tkazildi.

Ushbu tadbirda ishtirok O'zbekistonning farmatsevtika sohasida xalqaro maydondagi ishtirokini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish