O'zbekistonning savdo-iqtisodiy salohiyati Xitoyning Xaykou shahrida taqdim etildi
Iyun 12, 2025. 14:52 • 44 soniya
• 66
XAYKOU, 12-iyun. /"Dunyo AA/. Xitoyning Xaynan provinsiyasi Xaykou shahrida O'zbekiston – Xaynan savdo-iqtisodiy forumi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir mamlakatimiz Bosh konsulxonasi, Xaynan provinsiyasi Tashqi savdoni rag'batlantirish qo'mitasi va O'zbekiston yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Unda qurilish materiallari, elektrotexnika, "yashil" energetika, oziq-ovqat mahsulotlari, tekstil sanoati, turizm va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan 100 dan ortiq mahalliy kompaniyalar, iqtisodiy tashkilotlar hamda ta'lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Yig'ilganlarga mamlakatimizning investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, turizm va ta'lim sohalaridagi salohiyati hamda davlat tomonidan yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar xususida batafsil ma'lumot berildi.
Shuningdek, B2B formatida o'tkazilgan muzokaralar davomida mamlatkatimizda istiqbolli qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Forum yakunida O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi, oliy ta'lim muassasalari, turizm va qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar va Xaynan provinsiyasi savdo-sanoat va investitsiya palatalari va yirik korxonalari o'rtasida bir qator kelishuvlarga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi