Logo

Qirg'izistonlik tadbirkor O'zbekistonda kigiz mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasini tashkil etishga qiziqish bildiryapti

Iyul 15, 2025. 12:44 • 41 soniya

140
Qirg'izistonlik tadbirkor O'zbekistonda kigiz mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasini tashkil etishga qiziqish bildiryapti

O'Sh, 15-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari O'sh shahridagi "Kiyiz Group" mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Sardor Salimov bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuv chog'ida O'zbekistonning vodiy viloyatlarida faoliyat ko'rsatuvchi tadbirkorlari bilan qo'shma loyihalarni amalga oshirish, yurtimizda "Kiyiz Group" korxonasi filialini tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Korxona rahbari Sardor Salimov O'zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan katta e'tibor, xususan, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay investitsion muhit va taqdim etilayotgan imtiyozlardan yaxshi xabardorligini ma'lum qildi. U, shuningdek, O'zbekistonda qo'shma loyihani amalga oshirish uchun o'zbekistonlik sheriklar muzokaralarga tayyorligini bildirdi.

"Kiyiz Group" MCHJ rahbari bilan O'zbekistonda kigiz mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha korxona tashkil etishga kelishib olindi.

O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari korxonaning mahsulot ishlab chiqarish jarayoni, xomashyo manbalari va tayyor mahsulotlar ko'rgazmasi bilan tanishdilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish