Logo

Qohirada O'zbekiston va Misr o'rtasidagi savdo hajmini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi

Sentabr 12, 2025. 11:45 • 39 soniya

65
Qohirada O'zbekiston va Misr o'rtasidagi savdo hajmini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi

QOHIRA, 12-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida "Makka for Import and Export" kompaniyasi rahbari Ahmad al-Malvaniy bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat chog'ida O'zbekistondan Misr va Yaqin Sharq davlatlariga ip-kalava va oziq ovqat mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.


"Makka for Import and Export" kompaniyasi rahbari Misrda mavjud bo'lmagan o'zbek mahsulotlarini, xususan guruch va quruq mevalarni mahalliy bozorlarga keltirishga qiziqish bildirdi.


Tomonlar logistika yo'nalishlari, transport xarajatlari va yetkaziladigan tovarlar uchun to'lovni amalga oshirish tartibi xususida fikr almashdilar.


O'zbekiston eksportyorlari bilan hamkorlik o'rnatish, xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan bevosita tanishish maqsadida, joriy yil noyabr oyida "Makka for Import and Export" kompaniyasi rahbarining O'zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etishga kelishildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish