"Polsha-Turkiya" tadbirkorlar uyushmasi bilan hamkorlik yo'lga qo'yilmoqda
Avgust 11, 2025. 11:03 • 28 soniya
• 79
VARSHAVA, 11-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev "Polsha-Turkiya" tadbirkorlar uyushmasi ("POTİAD") raisi Xabesh Fakibaba bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda "Polsha-Turkiya" tadbirkorlar uyushmasi va O'zbekiston tomoni o'rtasida hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish istiqbollari muhokama qilindi.
O'zbekistondagi sarmoyaviy muhit, yurtimiz salohiyati, respublikamiz pozitsiyasidan foydalangan holda Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan biznes yuritish imkoniyatlari haqida so'zlab berildi.
Uchrashuv yakunda joriy yil sentyabr oyida birgalikda davra suhbati o'tkazish va mazkur uyushmaga a'zo tadbirkorlarning O'zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etishga ahdlashib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi