Guanchjou shahar jamoat transporti kompaniyasi rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Oktabr 26, 2025. 15:14 • 38 soniya
• 82
GUANCHJOU, 26-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Xitoyning "Guangzhou Public Transport Group" (GPTG) kompaniyasi raisi Sin Xaynin bilan muzokara oʻtkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot davomida mamlakatimizda logistika markazlarini yaratish, Toshkent shahri va boshqa hududlarning jamoat transporti tizimiga sun'iy intellektga asoslangan "aqlli" transport yechimlarini keng joriy etish, yangi energiya transport vositalari uchun quvvatlash stansiyalarini qurish, turizmni ommalashtirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Kompaniya vakillarining joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan "TransLogistica Uzbekistan 2025 Expo" va "Tashkent Tourism Week" xalqaro koʻrgazmalarida ishtiroki yuzasidan fikr almashildi.
"GPTG" rahbariyatining Oʻzbekiston vazirlik va idoralari bilan yuqorida qayd etilgan takliflari yuzasidan onlayn va offlayn uchrashuvlarni oʻtkazish boʻyicha kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi