Kuvaytning yetakchi kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyasining O'zbekistonga biznes-missiyasi tashkil etildi
Oktabr 12, 2025. 15:18 • 33 soniya
• 79
TOSHKENT, 17-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning yetakchi kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya biznes-missiya bilan O'zbekistonda bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Delegatsiya tarkibidan "Combined Group Contracting Co", "Alshaya Group" va "Ahlia Group Co W.L.L." kompaniyalari rahbarlari va vakillari o'rin oldi.
Kuvayt biznesi vakillari safar davomida O'zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, "Yangi Toshkent" direksiyasi, Samarqand viloyati mutasaddilari bilan muzokaralar o'tkazdi.
Muloqotlar chog'ida Kuvayt xususiy investitsiyalarini O'zbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalariga, shaharsozlik va gidroenergetika sohalariga jalb qilish va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Kuvayt tomoni Samarqand viloyati Payariq tumanidagi "Nasser Agro Trading" korxonasi bilan quritilgan mevalar va sabzavotlar eksportini amalga oshirish bo'yicha kelishuvga erishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi