Logo

Misr ishbilarmon doiralari vakillari "Jizzax-2025" xalqaro biznes-forumida ko'plab istiqbolli kelishuvlarga erishdi

Aprel 24, 2025. 14:07 • 2 daq

154
Misr ishbilarmon doiralari vakillari "Jizzax-2025" xalqaro biznes-forumida ko'plab istiqbolli kelishuvlarga erishdi

QOHIRA, 24-aprel. /"Dunyo" AA/. Jizzax viloyati Zomin tumanida o'tayotgan "Jizzax– 2025" xalqaro biznes-forumida Misr ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiya faol ishtirok etmoqda, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Biznes-forum doirasida Misrning yetakchi kompaniyalari o'zbekistonlik sheriklari bilan bir qator "B2B" va 2G2B" shaklida muzokaralar o'tkazildi.

Xususan, Jizzax viloyati Zomin hokimi Alisher Abdug'aniyev bilan kechgan muloqot davomida tuman markazida joylashgan erkin iqtisodiy zonada metall konstruksiyalari ishlab chiqarish loyihanisi amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

"Zomin" turistik-rekreatsion zonasi direktori Shuhrat Hakimov bilan muloqot chog'ida esa hududda joylashgan sayyohlik majmuasiga investitsiya kiritish loyihasi ko'rib chiqildi.

Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov bilan muzokaralar davomida IT-texnologiyalar bo'yicha zamonaviy o'quv dasturlarini yaratish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Misr vakillari, shuningdek, Sharof Rashidov tumani hokimi Mahmud Xolbutayev uchrashdilar. Unda tumanda yuk ko'tarish moslamalarini yig'uvchi korxona qurish istiqbollari ko'rib chiqildi.

Muzokaralar natijasida Jizzax viloyatidagi mahalliy tadbirkorlar bilan ham qo'shma investitsiyaviy loyihalar va tijoriy takliflar muhokama qilindi hamda o'zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi.

Jizzax– 2025" xalqaro biznes-forumida Misrning turli sohalarda faoliyat yurituvchi "Nile Sugar", "In2Metals", "Bell Energy", "Asas Altamir Contracting", "General Metals", "Power tech for Material Handling", "Monglish Global Network", "Hamed Holding" kompaniyalarining o'ndan ortiq vakillari ishtirok etyapti.

Eslatib o'tamiz, "Jizzax– 2025" xalqaro biznes-forumida Jizzax viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi va qator xalqaro tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish