Xitoy kompaniyasi bilan Buxoro shahrida oqava suvni qayta ishlash bo'yicha qo'shma loyihani amalga oshirish bo'yicha kelishib olindi
Avgust 31, 2025. 14:01 • 47 soniya
• 45
GUANCHJOU, 31-avgust. /"Dunyo"AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tomonidan Xitoyning Guandun provinsiyasi yetakchi kompaniyalar vakillarining O'zbekistonga biznes-missiyasi amalga oshirildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xususan "PK Environmental" kompaniyasi prezidenti Van Guobin boshchiligidagi delegatsiyaning Toshkent va Buxoro shaharlariga safari davomida "O'ztekstilsanoat" uyushmasi, Buxoro viloyati hamda shahar hokimliklarida qator uchrashuvlar o'tkazildi.
Muzokaralar davomida tomonlar mamlakatimizdagi to'qimachilik korxonalari va mato ishlab chiqarish zavodlari uchun cuv tozalash loyihalarini amalga oshirish texnik va moliyaviy ko'rsatkichlarni, shuningdek, Buxoro shahrida oqava suvni qayta ishlash bo'yicha qo'shma loyihani amalga oshirish bo'yicha texnik-iqtisodiy asoslarni birgalikda ishlab chiqishga kelishildi.
Guandun provinsiyasining "Zhongshan Material Group" boshqaruv raisi Xe Sitian O'zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Buxoro viloyati hokimligi mutasaddilari bilan muzokaralar o'tkazdi. Xe Sitian O'zbekistonda yaratilgan biznes imkoniyatlar, qo'shni davlatlardagi mavjud bozor salohiyatidan kelib chiqqan holda qo'shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdorligini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi