Xitoylik investorlar Qoraqalpog'istonda istiqbolli yo'nalishlarda loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o'rgandi
May 01, 2025. 09:36 • 38 soniya
• 117
NUKUS, 1-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi ko'magida 27-30-aprel kunlari Xitoyning Guandun provinsiyasi ishbilarmon doiralari vakillarining Qoraqalpog'istonga biznes-missiyasi tashkil etildi.

Safar O'zbekiston–Xitoy o'rtasida hududlararo hamkorlik aloqalarini kengaytirish, mamlakatimizga xorijiy investitsiyalarni va ilg'or texnologiyalarini jalb etish maqsadida uyushtirildi.
Xitoyning "Guangzhou Fangchuan Lubricants Technology", "Dongguan Yaosheng", "Guangdong Weilian Wire and Cable", "Zhujinag Cable", "Opit Intellegent Equipment", "Ouyate Electric Products", "Dongguan Electronic Technology", "Hengyu Wisdom Technology" va boshqa kompaniyalari rahbarlari Qoraqalpog'istonda hududiy hokimliklar va biznes doiralari vakillari bilan samarali uchrashuvlar o'tkazdilar.
Shuningdek, Xitoy vakillari joylardagi mavjud xom-ashyo bazasi va infratuzilmaviy imkoniyatlarni ko'zdan kechirdi.
Tomonlar elektrotexnika sanoati, "aqlli" qishloq xo'jaligi, tekstil, energetika va boshqa sohalarda qo'shma loyihalarini ishlab chiqish va birgalikda amalga oshirish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi