Logo

Xitoyning Guandun provinsiyasi ishbilarmon doiralari vakillari biznes-missiya bilan O'zbekistonda bo'ldi

Oktabr 31, 2025. 19:15 • 43 soniya

45
Xitoyning Guandun provinsiyasi ishbilarmon doiralari vakillari biznes-missiya bilan O'zbekistonda bo'ldi

GUANDUN, 31-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Guandun provinsiyasining "Guangdong General Chamber of Commerce" palatasi ijrochi prezidenti Go Yuy Kun boshchiligidagi hudud kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyaning O'zbekistonga biznes-missiyasi amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xitoy tomoni safar davomida O'zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Milliy iqtisodiy hamkorlik uyushmasi vakillari bilan muzokaralar o'tkazdi.

Muzokaralar doirasida qo'shma investitsiyaviy loyihalarni ishlab chiqish, Xitoy bozoriga qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksportini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, biznes-missiya a'zolari Toshkent shahrida joylashgan kichik sanoat zonalarida bo'lib, u yerda investorlar uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar bilan tanishdi.

Safar davomida O'zbekiston Milliy iqtisodiy hamkorlik uyushmasi va "Guangdong General Chamber of Commerce" palatasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

"Guangdong General Chamber of Commerce" palatasi 2003-yilda tashkil etilgan. Palata 2000 ga yaqin kompanilar manfaatlarini himoya qiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish