O'zbekistonning investitsiyaviy va eksport salohiyati Norvegiyada taqdim etildi
May 19, 2025. 07:17 • 31 soniya
• 80
OSLO, 19-may. /"Dunyo" AA/. Norvegiya poytaxtida "O'zbekistondagi biznes va investitsiyaviy imkoniyatlar" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
O'zbekistonning Stokgolm shahridagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda Norvegiyaning "Noran energy" "Norsk Hydro", "Syssel Holding", "QM Soft", "Frend Digital", "MediTann", "Exotic Fruit" kabi yetakchi kompaniyalari va biznes uyushmalar vakillari ishtirok etdi.
Skandinaviyalik ishbilarmonlar O'zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulayliklar, ortib borayotgan milliy eksport salohiyati to'g'risidagi qiziqarli taqdimotlar bilan tanishdi.
Shuningdek, O'zbekiston-Norvegiya iqtisodiy aloqalarining istiqbolli yo'nalishlari bo'yicha fikr almashildi va ularni amalga oshirish yuzasidan keyingi qadamlar belgilab olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi