O'zbekiston va Eron o'rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda

Noyabr 25, 2024. 10:28 • 59 soniya

126
O'zbekiston va Eron o'rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda

TEHRON, 25-noyabr. /"Dunyo" AA/. Eronning Razaviy Xuroson viloyati Mashhad shahridagi Savdo, sanoat, konchilik va qishloq xo'jaligi palatasida O'zbekiston-Eron biznes-forumi va O'zbekistonning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi, deb habar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Biznes-forumga O'zbekiston tomonidan mamlakatimizning elchisi Fariddin Nasriyev va Eron tomonidan Mashhad Savdo, sanoat, konchilik va qishloq xo'jaligi palatasi raisi Muhammad Rizo Tavakolizodeh hamraislik qilishdi.

Tadbirda Razaviy Xuroson viloyatining 50 dan ortiq yetakchi kompaniyalari rahbarlari va ishbilarmon doira vakillari ishtirok etishdi.

Fariddin Nasriyev so'nggi yillarda mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar, hususan, investorlar va tadbirkorlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar bilan tanishtirdi.

Eronlik yirik tadbirkorlar O'zbekiston bilan konchilik, transport, logistika, oziq-ovqat, kimyo sanoati, farmatsevtika, to'qimachilik va qishloq xo'jaligi kabi sohalarda hamkorlik qilishga qiziqish bildirshidi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish