O'zbekiston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish Krasnoyarsk ishbilarmon doiralari vakillari manfaatlariga mos keladi
Iyun 28, 2025. 10:43 • 48 soniya
• 90
KRASNOYARSK, 29-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli Aslam Akbarov Rossiyaning Krasnoyarsk o'lkasiga tashrifi davomida "Markaziy Sibir Savdo-sanoat palatasi" ittifoqi prezidenti Rafael Shageyev bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Krasnoyarsk o'lkasi va O'zbekiston hududlari o'rtasidagi savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikning asosiy yo'nalishlari atroflicha muhokama qilindi.
Rafael Shageyev O'zbekistondan to'qimachilik sanoati uchun asbob-uskunalar va materiallarni olib kirish bo'yicha Krasnoyarsk korxonalarining takliflarini bildirdi. Uning aytishicha, Krasnoyarsk o'lkasi butun o'lka bo'ylab talab yuqori bo'lgan o'zbek to'qimachilik va to'qimachilik mahsulotlari importini oshirishdan manfaatdor.
Shuningdek, Rossiya tomoni Krasnoyarskda chakana va ulgurji savdoga yo'naltirilgan doimiy O'zbekiston mahsulotlari ko'rgazma zalini va o'zbek mahsulotlarining doimiy omborini tashkil etish taklifini ilgari surdi.
Muloqot chog'ida O'zbekiston bilan tog'-kon, rangli metallurgiya, kimyo va yog'ochni qayta ishlash sanoatida o'zaro hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida Krasnoyarsk tadbirkorlarining O'zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etish va ikki mamlakat hududlari tadbirkorlarining biznes-forumi uyushtirish yuzasidan ahdlashib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi