Kuvayt biznesi O'zbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarda ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda
Sentabr 27, 2024. 10:10 • 45 soniya
• 161
AL-KUVAYT, 27-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov Kuvayt Investitsiyalar agentligi ijrochi direktori G'anim Sulaymon al-G'animan bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Diplomatik missiya rahbari O'zbekistonda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli o'zgarishlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan biznes-qulayliklar, ularga taqdim etilayotgan imtiyozlar, mamlakatimizdagi xususiylashtirish jarayonlari va davlat-xususiy sheriklik loyihalari haqida batafsil so'zlab berdi.
Kuvayt Investitsiyalar agentligi ijrochi direktori uchun ustuvor tarmoqlarda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar to'g'risida taqdimot o'tkazildi.
Kuvayt Investitsiyalar agentligi ijrochi direktori G'anim Sulaymon al-G'animan so'nggi yillarda O'zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati yuksalib borayotganini yuqori baholadi. Shuningdek, u taqdimoti o'tkazilgan etilgan barcha investitsiyaviy loyihalarni o'rganib chiqish va ularni Kuvayt investitsiyalari asosida amalga oshirish uchun hamkorlikka tayyorligini ta'kidladi.
Uchrashuv yakunida, Kuvayt Investitsiyalar agentligi delegatsiyasining O'zbekistonga amaliy safarini uyushtirish va davlat-xususiy sherikchilik asosidagi loyihalarda kuvaytlik investorlarning ishtirokini O'zbekistonning tegish vazirlik va idoralari bilan muhokama qilish maqsadida onlayn muzokaralar o'tkazish to'g'risida ahdlashib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi